09:00 / 15.05.2021
1 588

Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash: Taekvondochilarimiz Iordaniyaga jo‘nab ketishdi


Shu yil 21-22 may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo qit’asi taekvondochilari o‘rtasida Tokio-2020 uchun so‘nggi litsenzion turnir bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondan jami 3 nafar (1 nafar erkak va 2 nafar ayol) sportchi qatnashish huquqiga ega.

Kecha erta tongda O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi a’zolari Toshkent — Dubay — Amman yo‘nalishi bo‘ylab Iordaniyaga jo‘nab ketishdi. Shuni alohida ta’kidlash lozim, sportchilarimizning xavfsizligi to‘liq ta’minlangan holda ular safarga maxsus kiyimlarda uchib ketishdi, deb xabar berdi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

Terma jamoamizning kengaytirilgan tarkibidan quyidagi sportchilar o‘rin olishgan:
  1. Nigora Tursunqulova,
  2. Ozoda Sobirjonova,
  3. Svetlana Osipova,
  4. Feruza Sodiqova,
  5. Jasur Jaysunov,
  6. Ulug‘bek Rashitov.
Murabbiylar shtabi:
Pavel Xan,
Kim Yung Jin,
Dmitriy Xvan,
Pahlavon Sobirov,
Mas’ud Yunusov (shifokor),
Stanislav Dogbayev (massajchi),
Murodjon Choriyev (Bosh kotib),
Dmitriy Kim (Xalqaro hakam).

Biz bo‘lajak musobaqada sportchilarimizga omad tilaymiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash: Taekvondochilarimiz Iordaniyaga jo‘nab ketishdi