
A Seriya 37-turidan o‘rin olgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsida bergamoliklar 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi.
WhoScored portali mazkur bahsdagi futbolchilarning harakatini baholadi. Unga ko‘ra, gollardan biriga mualliflik qilgan Ruslan Malinovskiy eng yuqori ball (8,8)ga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, jamoadoshi Duvan Sapata 8,4 ball bilan baholandi.
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, dublni rasmiylashtirgan Eldor Shomurodov esa “Jenoa”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi – 8 ball.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar