23:00 / 17.05.2021
2 146

OFK Kubogi. "Nasaf" "Xo‘jand" ustidan yirik g‘alabaga erishdi


OFK Kubogi "F" guruhi 2-turidan o‘rin olgan "Xo‘jand" - "Nasaf" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv vakillarimizning yirik - 0:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gollarning barchasi 1-taymda urildi, ularga Akmal Mozgovoy (9'), Husniddin Aliqulov (42') hamda Sherzod Nurillayevlar (45+2') mualliflik qilishdi. Ikkinchi bo‘lim har qancha kurashlarga boy o‘tmasin, shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. "Nasaf" ikkinchi uch ochkosini ham qiyinchiliksiz qo‘lga kiritdi.

Keyingi turda qarshiliklar Turkmanistonning "Oltin Asr" klubiga qarshi bahs olib boradi va shu o‘yinda ham g‘alaba qo‘lga kiritilsa, 1-o‘rin naqd bo‘ladi. Vakillarimizga omad tilaymiz!

"Xo‘jand" (TOJIKISTON) - "Nasaf" (O‘ZBEKISTON) 0:3
Gollar:
Akmal Mozgovoy 9', Husniddin Aliqulov 42', Sherzod Nasrullayev 45+1'

"Xo‘jand": 88. Aleksey Matrosov, 7. Artyom Serdyuk, 10. Dilshod Bozorov, 12. Ehson Boboyev, 13. Nozim Bobojonov, 18. Daler Yodgorov, 20. Samandar Ochilov, 21. Firdavs Chakalov, 66. Naimjon Ibrohimzoda, 70. Abdulmo‘min Zabirov, 77. Grek Maksim.
Zaxira: 1. Dalerjon Barotov, 4. Parviz Boqiyev, 6. Xojiboyev Ziyoyev, 8. Baxtiyor Choriyev, 9. Parviz Boqi Ohunov, 14. Tohir Malado‘stov, 16. Suhrobxo‘ja Yusupov, 73. Alisher Barotov, 99. Firuz Xolmatov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev (8. Dilshod Saitov, 62), 19. Husayin Norchayev ( 25. Muxriddin Zoirov, 62), 20. Suhrob Nurulloyev (55. Shahzod Akramov, 76), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev (15. Jo‘rabek Mannonov, 62), 50. Shohmalik Komilov (70. Abubakr Rizo Turdialiyev, 78), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 14. Shokir Yo‘ldoshev, 28. Sardor Sadullayev, 71. Jasur Jumayev.
Ogohlantirish: Nozim Bobojonov (70).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK Kubogi. "Nasaf" "Xo‘jand" ustidan yirik g‘alabaga erishdi