23:30 / 19.05.2021
1 932

Xyuistra "Paxtakor"ning bugungi g‘alabasidan keyin nimalar dedi?


Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. "Sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Bugun o‘yin biz uchun ancha qiyin kechdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar himoyada bizga ortiqcha hudud qoldirishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa harakatlarimiz biroz tezlashdi va bir necha vaziyatlar yaratdik. Bo‘sh hududlarga chiqib borib, keskin holatlar sodir etdik. Gol urilganda omadliroq bo‘ldik. Chempionatda mavsum mobaynida shunday qiyin o‘yinlar uchraydi. G‘alabadan va uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan juda xursandman. Endi bir necha futbolchi milliy terma jamoa safiga yo‘l oladi. Biz esa qolgan o‘yinchilar bilan mashg‘ulotni davom ettiramiz. Terma jamoa yutuqlariga futbolchilarimiz munosib hissa qo‘shishiga umid qilaman.

Oxirgi 40 kunda 10ta uchrashuvda maydonga tushdik. Juda tig‘iz taqvimga ega bo‘ldik. Shu sababli ba’zida pasayishlar bo‘lishi tabiiy. Endi yuzaga kelgan tanaffusda jismonan va o‘yin taraflama yanada yaxshiroq holatga chiqish ustida ishlaymiz. Cheran bugun eng yaxshi o‘yinini o‘tkazmagandir, lekin u jamoamizning eng muhim futbolchilaridan biri. Bunday o‘yinchi safimizda ekanidan baxtiyorman. U kerakli joyda to‘g‘ri o‘ynashni biladi. Balki, Dragan hali terma jamoada ham asosiy o‘yinchilardan biriga aylanar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xyuistra "Paxtakor"ning bugungi g‘alabasidan keyin nimalar dedi?