Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning «Sharja» klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
- "Terma jamoa yig‘inini boshlab oldik, bizni juda muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Shu o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonini tog‘da boshladik, asosan jismoniy holatni yaxshilashga e’tibor qaratilyapti. Chunki Saudiya Arabistonida iyun oyida havo juda issiq bo‘ladi, mana shu mashg‘ulotlar bizga asqatadi degan umiddaman. Kerakli o‘yinlarda g‘alaba qozonib, muxlislarning ishonchiga erishib, keyingi bosqichga chiqish uchun hamma birgalikda tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
Hamma tushunib turibdi, Saudiyada iyun oyida juda issiq bo‘lishini, lekin biz o‘zbekmiz. Arablar ichida 3-4 yildan beri o‘ynab, ularni ruhiy tomondan yaxshi bilaman. Ishontirib aytamanki, ularga qaraganda biz chidamliroqmiz, ularga nisbatan mehnatkashroqmiz. Shuning hisobiga g‘alaba qozonishimizga ishonyapman", - dedi Otabek Shukurov.
Shuningdek, Shukurov BAA klubidagi kelajagi haqida ham gapirdi. Yarim himoyachi hali «Sharja» bilan yana bir yillik shartnomasi borligini va hamma narsa yozda aniq bo‘lishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi 28 may kuni BAAga jo‘nab ketadi va 29 may kuni Dubay shahrida Avstraliya terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Shundan keyin Vadim Abramov shogirdlari Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.
Markazlashtirilgan tizimda o‘tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoni (15 iyun) bilan bahs olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi