Rayan Garsiya jahon chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

Professional boksda anchagina taniqli hisoblangan amerikalik Rayan Garsiya (21-0, 18 KO) yengil vazn toifasida WVC vaqtinchalik jahon chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Bunga u 9 iyun kuniga belgilangan Xaver Fortunaga (36-2-1, 25 KO) qarshi himoya jangidan voz kechib, noma’lum sabablarga ko‘ra faoliyatida qisqa tanaffus olgani sabab bo‘ldi.
Endilikda Xaver Fortuna 9 iyul kuni boshqa bir raqib, yarim yengil vazn toifasida sobiq IBF chempioni va mazkur bahs uchun bitta yuqoriga vazn ko‘tarishga rozilik bergan Yozef Diasga (31-1-1, 15 KO) qarshi aynan Garciyadan olib qo‘yilgan WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Endilikda Xaver Fortuna 9 iyul kuni boshqa bir raqib, yarim yengil vazn toifasida sobiq IBF chempioni va mazkur bahs uchun bitta yuqoriga vazn ko‘tarishga rozilik bergan Yozef Diasga (31-1-1, 15 KO) qarshi aynan Garciyadan olib qo‘yilgan WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…