Rayan Garsiya jahon chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

Rayan Garsiya jahon chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
Professional boksda anchagina taniqli hisoblangan amerikalik Rayan Garsiya (21-0, 18 KO) yengil vazn toifasida WVC vaqtinchalik jahon chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Bunga u 9 iyun kuniga belgilangan Xavyer Fortunaga (36-2-1, 25 KO) qarshi himoya jangidan voz kechib, noma’lum sabablarga ko‘ra faoliyatida qisqa tanaffus olgani sabab bo‘ldi.

Endilikda Xavyer Fortuna 9 iyul kuni boshqa bir raqib, yarim yengil vazn toifasida sobiq IBF chempioni va mazkur bahs uchun bitta yuqoriga vazn ko‘tarishga rozilik bergan Yozef Diasga (31-1-1, 15 KO) qarshi aynan Garciyadan olib qo‘yilgan WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar