O‘zbekiston milliy terma jamoasi 26 may, chorshanba kuni Turkmanistonga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘yin Turkmanistonning taklifiga binoan barcha uchun to‘liq yopiq tarzda o‘tadi. Uchrashuvga faqat ikki tomonning rasmiylari kiritiladi. Uchrashuv borasida boshqa ma’lumot taqdim etilmagan, uning qachon va qayerda o‘tkazilishi noma’lum.
Vadim Abramov shogirdlari 20 may kuni Toshkentda yig‘in boshlagandi. 28 may kuni terma jamoa delegatsiyasi BAAga jo‘nab ketadi va 29 may kuni Dubay shahrida Avstraliya terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Shundan keyin Abramov shogirdlari Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.
Markazlashtirilgan tizimda o‘tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoni (15 iyun) bilan o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi