Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH saralash uchrashuvlari oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishgan. Yig‘in doirasidagi ilk bahs Turkmaniston terma jamoasiga qarshi kechdi.
Qo‘shni davlat vakillarining iltimoslariga binoan, yopiq tarzda o‘tkazilgan o‘yinda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi.
Gollarga terma jamoamiz safida Otabek Shukurov va Odil Hamrobekov mualliflik qildi.
O‘zbekiston – Turkmaniston 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: … 0:1, Otabek Shukurov (pen.) 1:1, Odil Hamrobekov (pen.) 2:1
O‘zbekiston 1-taym: Sanjar Kuvvatov, Xojiakbar Alijonov, Islom Kobilov, Azim Axmedov, Ibroximxalil Yuldashev, Odil Axmedov, Doston Xamdamov, Otabek Shukurov, Xojimat Erkinov, Temurxuja Abduxolikov, Abror Ismoilov.
O‘zbekiston 2-taym: Valijon Rahimov, Farruh Sayfiyev, Husniddin Aliqulov, Umarbek Eshmurodov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Odil Hamrobekov, Oybek Bozorov, Sanjar Qodirqulov, Farruh Ikromov, Shohruz Norxonov.
O‘zbekiston MTJ navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Dubayda Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi