12:45 / 27.05.2021
2 458

David de Xea sharmanda bo‘ldi


Yevropa ligasining finalida “Manchester Yunayted”ning mag‘lubiyatida ko‘pchilik David de Xeani ayblamoqda.
Ispaniyalik darvozabon o‘z hamyurtlari – “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda birorta zarbani qaytara olgani yo‘q. Tajribali darvozabon o‘yin vaqtida ham, penaltilar seriyasidan ham ishonchni oqlamadi.

Penaltilar seriyasida o‘z darvozasiga yo‘llangan 11 ta to‘pni o‘tkazib yuborgan David de Xeaning o‘zi 11 metrlik zarbadan unumli foydalana olmay, g‘alabani raqibga tortiq qildi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, David de Xea besh yildan buyon birorta penaltini qaytara olmagan va jami 36 ta zarba uning darvozasidan joy olgan.

Ispaniyalik golkiper oxirgi marta 2016 yilning 23 aprelida 11 metrdan yo‘llangan to‘pni qaytarib qolgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » David de Xea sharmanda bo‘ldi