22:39 / 27.05.2021
3 987

Alisher Uzoqov futbol sharhida so‘kinib yuborgani va Futbol-TV’dan ketishi sababi haqida gapirdi (video)


Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov futbol sharhlovchiligidan o‘yin vaqtida so‘kinib yuborgani uchun ketdi mazmunidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Aktyor bu haqida «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi.

"Ketishimga sabab so‘kinganim emas, vaqt masalasi. So‘kinib yuborganim rost. Davron Fayziyev bilan sharhlab o‘tirganmiz. Biz so‘kinib yuborganimni sezmaganmiz. «Liverpul» va «Roma» o‘ynayapti. Penalti bo‘ldi va so‘kinib yubordim. Davron ham, men ham sezmadik. Efir tugagandan keyin chiqsak, rejissyorimiz Oybek «Alisher aka, nega so‘kdingiz?» dedi. Men «Qayerda so‘kdim?» desam, u mana bu yerda so‘kdingiz-ku deb, o‘sha joyini qo‘yib berdi. 

«Davron, so‘kdimmi?» desam, u «yo‘q» deydi. Biz sezmaganmiz ham, yaxshi o‘yin bo‘lgan, azart bo‘lgan. Ketishimning sababi u bo‘lmagan. Vaqt masalasi sabab ishdan ketganman.

Bundan ikki yilcha avval yaxshigina og‘ir kasal bo‘ldim. Rejimim buzilib ketgani, ishim ko‘payib ketgani, kun davomida televideniyeda ishlab, yana kino yoki reklama roliklariga borib, klip tasvirga olish jarayonlarida qatnashib, kechasi sharhga borardim. Oxirgi sharhimda birinchi taymdan keyin mazam qochgan, o‘shandan so‘ng kasalxonaga, to‘g‘ri reanimatsiyaga tushdim.

Ular «Bunaqa bosimda ishlamang, yiqitadi», deyishdi. Yillar mobaynida rejim yo‘qligi, yuklamalar ko‘pligi bilinmagan, lekin yig‘ilib-yig‘ilib, meni ag‘dardi. Yaxshigina og‘ir kasal bo‘ldim. Xudoga shukr, o‘tib ketdi.
Bu kasallikni «Menejer sindromi» deb aytishdi, ya’ni rejim buzilganligi. Aniq aytadigan bo‘lsam, yuragim va qon bosimim yaxshigina bezovta qildi. Ko‘tarilib tushdi, ko‘tarilib tushdi, bu yomon. Deyarli ikki oy davolandim.

O‘shanda Zo‘r TV’da ham ish faoliyatimni yuritayotgan edim. Shuhrat aka rahbarimiz, ularga katta rahmat aytaman, juda ko‘p qo‘llab-quvvatladilar. Kanal xodimlari hammalari  issiq-sovug‘imdan xabar olib turdi. O‘shanda, mening og‘ir kunimda qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat aytaman.

O‘tib ketdi, o‘sha sabab bo‘ldi, qayta tiklanolmadim. Boshqa ishlar bilan chalg‘idim, yaqinda yana bir bordim, o‘zim ishlashni xohlayman, bu safar Futbol-TV bilan boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha kelisholmadim", - dedi Alisher Uzoqov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Uzoqov futbol sharhida so‘kinib yuborgani va Futbol-TV’dan ketishi sababi haqida gapirdi (video)