Kecha Kiyev shahrida Valeriy Lobanovskiy xotira turniri yakuniga yetdi. Unda Ozarbayjon va Ukraina jamoalarini mag‘lub etgan O‘zbekiston U-21 terma jamoasi bosh sovringa ega chiqdi. O‘yinlarni stadionning o‘zidan kuzatib borgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.
- O‘zbekiston U-21 terma jamoamizning ikkita o‘yinini tomosha qildingiz. Bizning yigitlarimizning potensialiga qanday baho berasiz?
- Yaxshi o‘yinlar o‘tkazishdi. Yaxshi jamoa yig‘ilgan. Yigitlar jismoniy tomonlama ajoyib ko‘rinishdi va taktik tomonlama ham ancha uquvga ega ekanliklari sezildi, har bir futbolchi nima qilishini yaxshi bilib o‘ynadi.
- Terma jamoamiz o‘zagi "Olimpik" klubi hisoblanadi. Bu loyihaga qanday qaraysiz?
- Terma jamoa bitta klub bazasida shakllantirilgani yaxshi. Potensial bo‘yicha esa natijalar ko‘rsatadi, ammo yigitlar anchagina qobiliyatli ekan.
- Timur Kapadze bilan birga ko‘p yillar terma jamoada o‘ynagansiz. Yaxshi murabbiy bo‘lib yetishishi uchun unda qanday sifatlar bor?
- Timur aqlli futbolchi va tartibli inson. Murabbiy sifatida esa barchasini uning natijalari aytib turibdi.
- Ukrainalik do‘stlaringiz bizning jamoa haqida nimalar deyishdi?
- Menga qo‘ng‘iroq qilishdi va stadionning o‘zida ham faqat yaxshi gaplar aytishdi. Jamoa o‘yini barchaga yoqdi va O‘zbekiston haqli ravishda Valeriy Lobanovskiy xotira turnirida g‘olib bo‘ldi.
- O‘zbekiston U-21 safida kimlarni alohida ko‘rsata olasiz?
- Jamoadagi barcha futbolchilar teng kuchli. Jamoa sardori (Jasur Jaloliddinov) ajralib turdi, qanot hujumchilari ham tezkor ekan, himoyachilar ham o‘zlariga ishonch bilan o‘ynashdi. Ishonchim komilki ular yaqin kelajakda milliy terma jamoaga yordam berishni boshlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi