07:30 / 30.05.2021
3 575

Ronaldu agentiga qaysi jamoaga o‘tmoqchiligini aytdi


"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer vaqtida jamoasini o‘zgartiradi. "Daily Mail" nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi sobiq jamoasi "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi. Ronaldu bu haqda agenti Jorje Mendeshni ham xabardor qilgan.

Avvalroq, hujumchi Turinda qolishga tayyor ekanligini aytgandi, biroq "Yuve"ning yangi murabbiyi Massimiliano Allegri Krishtianuni rejalariga kiritmayapti.

36 yoshli forvard xizmatiga shuningdek, PSJ va "Sporting" klublari ham qiziqish bildirmoqda. 2020/21 yilgi mavsumda futbolchi 29ta bilan "A" Seriya to‘purarligini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu agentiga qaysi jamoaga o‘tmoqchiligini aytdi