Saudiya Arabistonida jahon chempionati "D" guruhi saralash bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Mezbonlar o‘z uyidagi oxirgi 2 bellashuvda 6 ochko ishlab, imkoniyatini ancha yaxshiladi va turnir jadvalida bizdan o‘zib ketdi.
Endi boshqa guruhlardagi 2-o‘rinni egallab turgan jamoalarga e’tibor qaratamiz.
"A" guruhi Xitoy 5 o‘yin 10 ochko
"V" guruhi Quvayt 6 o‘yin 10 ochko
"S" guruhi Iroq 5 o‘yin 11 ochko
"D" guruhi O‘ZBЕKISTON 5 o‘yin 9 ochko
"Ye" guruhi Ummon 5 o‘yin 12 ochko
"F" guruhi Tojikiston 6 o‘yin 10 ochko
"G" guruhi BAA 5 o‘yin 9 ochko
"H" guruhi Livan 4 o‘yin 10 ochko
Ko‘rib turganingizdek, Vadim Abramov shogirdlari hali o‘yin o‘tkazmasidan imkoniyatlari pasayib bormoqda. Sababi, boshqa guruhlardagi jamoalar kerakli ochkolarni jamg‘armoqda (jamg‘argan). 2-o‘rinda borayotganlar orasida hamyurtlarimiz faqatgina Kuvaytdan yaxshiroq holatda, BAA bilan esa bir xil vaziyatdamiz. Qolganlar borgan sari ilgarilab ketmoqda.
Saralashning keyingi bosqichiga ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa chiqishini inobatga olsak, biz uchun qolgan 3 uchrashuvning har biri finalga teng. Agar guruhdagi qolgan 3 uchrashuvda zafar quchsak, 1-o‘rin bilan 3-saralash bosqichiga o‘tamiz. Ikkinchi o‘rin vakillarimiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Boshqa jamoalar jim turmayapti.
Bosh jamoamiz Saudiyadagi ilk bellashuvni 7 iyun kuni boshlaydi. Shu kuni hamyurtlarimiz Singapur bilan o‘ynaydi.
"JCH-2022" saralash bosqichi. D guruhi
7 iyun. O‘zbekiston – Singapur. 23:00
11 iyun. Yaman – O‘zbekiston. 23:00
15 iyun. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston. 23:00. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi