Avstraliya klublari bu mavsum OFK chempionlar ligasida ishtirok etmaydigan bo‘lishdi. Shu bois OFK tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazib, bu borada yangi qaror qabul qildi.
Xabaringiz bor, OCHL Sharq mintaqasining ikkita guruh o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi. O‘yinlar "Bunyodkor" va "Lokomotiv" stadionlarida tashkil etiladi.
23 iyun kuni "Lokomotiv" stadionida Janubiy Koreyaning "Tegu" va Tailandning "Chiangray Yunayted" klublari o‘rtasida pley-off bahsi bo‘lib o‘tishi lozim edi. Biroq "H" guruhidan joy olgan Avstraliyaning "Sidney FK" klubi musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgani sabab pley-off o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Buning natijasida Tailand klubi guruhda "Sidney FK" o‘rnini egalladi hamda Janubiy Koreyaning "Tegu" jamoasi to‘g‘ridan to‘g‘ri "I" guruhiga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, mazkur ikki guruh bellashuvlari 25 iyun - 11 iyul oralig‘ida Toshkentda o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi