Jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichi doirasida Tojikiston terma jamoasi safarda Yaponiyaga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o‘yinda yon qo‘shinimiz kuchli raqibiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdan keyin terma jamoa ustozi Usmon Toshev Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Yaponiyadek kuchli raqibga qarshi futbolchilarimiz kurashishdi. Ayrim vaziyatlarda o‘ylaganlarimiz amalga oshgandek bo‘ldi ham. Lekin bugungi uchrashuvda tayanch nuqtamizda muammolar kuzatildi. Bizning raqibimiz – Yaponiya qanday kuchga egaligini hamma biladi.
Biz kimga qarshi o‘ynayotganimizni bilardik. Mana shunday kuchli raqibga qarshi gol urish mumkinligini futbolchilarimiz ko‘rsatib berishdi. Uchrashuv oxirlarida yana imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Baribir raqibning kuchliligi bilindi. Qayerdadir bizga mahorat yetishmadi.
Yutqazgan bo‘lsak-da, tojik futboli bosqichma-bosqich to‘g‘ri yo‘lda ketayotganini ko‘rsatib beryapti.
Endi Myanma terma jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu biz uchun muhim uchrashuv. Albatta, g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ikkinchi o‘rinni egallashimiz uchun minimum imkoniyatimiz bor. Bu borada Qirg‘iziston bilan kurash oxirigacha davom etadi. O‘yinlar tugagach, qolgani hisob-kitob qilinadi, - dedi Toshev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?