16:45 / 10.06.2021
1 871

Yoshlar terma jamoamiz Misrda o‘tadigan Arab kubogida ishtirok etadi


2023 yili yurtimizda o‘tadigan U20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U18 terma jamoasi Afrika qit’asida o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. O‘zbekistonlik yoshlar Misr Arab Respublikasida 20 iyundan 6 iyulga qadar tashkil etiladigan “Arab Cup U-20” musobaqasida qatnashadi.

Bosh murabbiy Ildar Magdeyev qo‘l ostidagi mazkur terma jamoa a’zolari “D” guruhida Tunis, Saudiya Arabistoni va Yaman vakillari bilan o‘zaro bahs olib boradi. Guruhda yuqori ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak final yo‘llanmasiga ega chiqadi.

“Arab Cup U-20” xalqaro turniri
“D” guruhi
21 iyun

22.00 | Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston
24 iyun
19.00 | O‘zbekiston – Tunis
27 iyun
22.00 | O‘zbekiston – Yaman

Misr safari oldidan U18 terma jamoamiz Toshkentda bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi va 19 iyun sanasida Qohira shahriga yo‘l oladi.

Murabbiylar shtabi “Arab Cup U-20” xalqaro turniri oldidan tashkil etiladigan yig‘inga 32 nafar futbolchini jalb etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yoshlar terma jamoamiz Misrda o‘tadigan Arab kubogida ishtirok etadi