Foto: «Uzreport.news»
Bugun poytaxtimizdagi «Yunusobod sport kompleksi»da katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. An’anaga muvofiq, boks oqshomi oldidan ushbu kecha ishtirokchilarining vazn o‘lchash marosimi va matbuot anjumani o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi ringga chiqadi. «Tashkent city»da o‘tgan marosimga kechada ishtirok etadigan barcha bokschilar, katta sport jamoatchiligi vakillari va OAV xodimlari tashrif buyurishdi.
Kutilganidek, bokschilar belgilangan talabni bajarishdi. Shundan so‘ng Shohjahon Ergashev ishtirokida o‘ziga xos mahorat saboqlari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, bugun boks oqshomining markaziy jangidan tashqari anderkard bahslarida Ulug‘bek Haqberdiyev, Jamshid Najmiddinov kabi yana 6 nafar taniqli bokschilar reyting janglarini o‘tkazishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi