Shohjahon Ergashevning uzoq kutilgan jangi muddatidan oldin yakunlandi

Shohjahon Ergashevning uzoq kutilgan jangi muddatidan oldin yakunlandi
Toshkent shahrida professional boks oqshomi yakunlandi. Kechaning markaziy jangida yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi jang qildi. 12 raundga mo‘ljallangan bahs birinchi raunddayoq yakuniga yetdi.

Jangni shiddat bilan boshlagan Shohjahon Ergashev ilk raunddayoq zarbalar seriyasini namoyish etdi va raqibini muvozanatdan chiqardi. Referi esa shu zaxoti jang yakunlanganligini e’lon qildi. Shu tariqa, Ergashev Toshkentdagi jangini texnik nokaut bilan yakunladi.

Qayd etish lozimki, referi jangni yakunlagan paytda butun arena, bokschilar bahs davom ettirilishini talab qilishdi. Ammo, qaror o‘zgarmadi va Shohjahonning g‘alabasi e’lon qilindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar