11:35 / 19.06.2021
3 574

O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyiga aylanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar


15 iyundan beri o‘zbekistonlik muxlislarning Vadim Abramovga yo‘llagan savollari juda ko‘p. Eng asosiysi u iste’foga qachon chiqarilishi. Hozircha, bu haqda O‘FA ma’lumot bermadi. Ammo shuni aytish kerakki Vadim Karlenovichning terma jamoada qiladigan ishi tugagan. Shu kunlarda Abramov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda.

Endi terma jamoani kim qo‘lga olishi aksariyat ishqibozlarni qiziqtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Ro‘ziqul Berdiyev va Timur Kapadze nomlari ilgari surilmoqda muxlislar tomonidan, albatta. Ammo ayni paytdagi holatdan kelib chiqib mahalliy murabbiylar terma jamoani qabul qilishi qiyinroq. Qolaversa, undan oldinroq Shota Arveladze va Karlush Keyrush varianti chiqa boshlagandi.

Nomzodlar orasida haqiqatga yaqinrog‘i Arveladze bo‘lishi mumkin. Chunki u avvalroq "Paxtakor"ga qaytish borasidagi murojaatga yo‘q deya javob berdi. Bir oy avval saytimizga “Paxtakor” klubi sport direktori Ja’far Irismetov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Arveladzeni “Paxtakor”ga qaytarish uchun shaxsan o‘zi unga qo‘ng‘iroq qilgani va bu masala bo‘yicha ular o‘zaro gaplashishgani, ammo Shota Yustinovich sobiq jamoasiga qaytish taklifini ma’lum sabablarga ko‘ra qabul qilmaganini aytgandi. Balki Arveladze biz kutmagan qarorni qabul qilishi mumkin.

Karlush Keyrush bilan ikki yil avval Ektor Kuper kelishidan oldin muzokara o‘tkazilgan. Ammo yakunda tomonlar kelisha olmagandi. Bu gal yana harakat qilib ko‘rsa bo‘ladi. Har holda Osiyo futboli bo‘yicha katta tajribaga ega. 

Bu taxminlar qanchalik to‘g‘ri ekanligini balki tez orada bilib olarmiz. Undan avval esa bugun MOQda O‘FAning navbatdan kongressi bo‘lib o‘tadi. O‘shanda ko‘p masalalarga oydinlik kiritilishi mumkin. Kongress 14:30da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyiga aylanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar