09:17 / 20.06.2021
1 774

«Paxtakor»ning bir yilda 1,3 million yevro maosh oladigan futbolchisi Eren Derdiyok klubni tark etdi

«Paxtakor»ning bir yilda 1,3 million yevro maosh oladigan futbolchisi Eren Derdiyok klubni tark etdi

Foto: «Paxtakor» FK
«Paxtakor»ning asli kelib chiqishi turk bo‘lgan shveysariyalik legioneri Eren Derdiyok jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot kotibi Behzod Nazarov «Daryo»ga ma’lum qildi. Nazarovning ta’kidlashicha, futbolchining shartnomasi borasida muammo yuzaga kelgan va shu sababli jamoani tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchi jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi ekani ma’lum bo‘lgandi. «Paxtakor» taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra uning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil qiladi. Bu 16 milliard 439 million so‘mga tengdir.

Futbolchi 2020 yilning yanvarida «Paxtakor» safiga kelib qo‘shilgan. Uning kelganiga roppa-rosa 1,5 yil bo‘lganini inobatga olsak, Eren «Paxtakor»da shu vaqtga qadar 24,66 milliard so‘m daromad olgan.

Futbolchi «sherlar» safida shu vaqtga qadar barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta o‘yinda 18 ta gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi. Derdiyokning «Paxtakor» bilan shartnomasi 2021 yil dekabriga qadar mo‘ljallangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Paxtakor»ning bir yilda 1,3 million yevro maosh oladigan futbolchisi Eren Derdiyok klubni tark etdi