2 484
Artem Dzyuba: "Psixologiya — zaif nuqtamiz, bosim ostida o‘ynashni bilmaymiz. Yevropaliklar bundan zavqlanadi, biz esa..."

Rossiya termasi sardori Artem Dzyuba guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Daniya bilan o‘yin (1:4) haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bunday darajadagi o‘yinda bu kabi gollar qo‘yib yuborish, o‘zingizni "o‘ldirishingiz" mumkin emas.
Psixologiya — zaif nuqtamiz, bosim ostida o‘ynashni bilmaymiz. Atrofda shunday ajoyib muhit, bir qarashda barchasi o‘xshayapti, biz esa qaltirashni, tipirchilashni, vahima qilishni boshlaymiz.
Xo‘p, gol qo‘yib yubordik – bu futbol. Yevropaliklarning mentaliteti biznikidan farq qiladi – ular bundan zavq oladi. Ular o‘yinni davom ettiradi, kurashadi. Biz qoqilamiz, yiqilamiz, o‘zimiz darvozamiz oldida vaziyat yuzaga kelishiga sababchi bo‘lamiz. Balki o‘rtamizdagi farq ham shundadir", – dedi Dzyuba.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar