08:56 / 29.06.2021
2 555

Yevro-2020da sensatsiya. Fransiya turnirni tark etdi


Foto: UEFAcom
Yevropa chempionatining nimchorak finalida Fransiya penaltilar seriyasida Shveysariyaga yutqazib, musobaqani tark etdi. Mbappening penaltilar seriyasidagi xatosi qimmatga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida Shveysariya so‘nggi daqiqalarda kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi va penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi.

Yevro-2020. 1/8 final
Fransiya — Shveysariya 3:3 (penaltilar seriyasi — 4:5.)
Gollar:
Benzema (57, 59), Pogba (75) — Seferovich (15, 81), Gavranovich (90). 
Amalga oshirilmagan penalti: Rodriges (55).

Fransiya – Loris, Varan, Kimpembe, Langle (Koman 46, Tyuram 111), Pavar, Pogba, Kante, Rabo, Benzema (Jiru, 94), Mbappe, Grizmann (Sissoko, 88). 
Shveysariya – Zommer, Elvedi, Akanji, Rodriges (Mehmedi, 87), Vidmer (Mbabu, 73), Suber (Fassnaxt, 79), Froyler, Jaka, Shakiri (Gavranovich, 73), Embolo (Vargas, 80), Seferovich (Sher, 97).
Ogohlantirishlar: Varan (30), Elvedi (32), Rodriges (62), Jaka (76), Koman (88), Pavar (91), Akanji (108).

Penaltilar seriyasi: Gavranovich (0:1), Pogba (1:1), Sher (1:2), Jiru (2:2), Akanji (2:3), Tyuram (3:3), Vargas (3:4), Kimpembe (4:4), Mehmedi (4:5), Mbappe (4:5, darvozabon).

Shveysariya chorak finalda Ispaniya bilan bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2020da sensatsiya. Fransiya turnirni tark etdi