Bir necha kun avval O‘FA terma jamoalar bo‘limi rahbari Aziz Haydarov ishdan bo‘shash uchun ariza yozgandi. Ayni paytda uning masalasi hal bo‘lgan. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Haydarov o‘z arizaga binoan O‘FAdagi lavozimini tark etdi.
Aziz Haydarov 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shu yilning yozida O‘FA terma jamoalar bo‘limida rahbarlik lavozimiga tayinlangandi.
Bir necha kun avval esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin O‘FAning navbatdan tashqari kongressida O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov bosh murabbiy Vadim Abramov iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi. Jamoa sardori Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi.
Qolaversa, kongressda O‘FA rahbari Aziz Haydarovni tanqid qilgandi. Unga terma jamoamizga kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish kerakligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi