Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizda ot sport, shuningdek uloq-ko‘pkari, chavgon va poyga kabi o‘yinlarni tashkil etish tashabbusini ko‘tardi. Davlat rahbari yoshlar va talabalar forumida bunga alohida to‘xtalib o‘tdi.
– Qorabayir zotli otlar yoshlarimiz uchun g‘urur timsoliga aylanishi lozim. Shu maqsadda, har bir viloyat va tumanlarda “Chavandozlar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Yaqinda Germaniyada ot sporti bo‘yicha bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada samarqandlik maktab o‘quvchisi Abdurahmon Abdullayev ikkita yo‘nalishda oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Xalqaro miqyosdagi yutuqlari uchun, bu o‘g‘limiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bunday mohir chavandozlarni ko‘paytirish uchun, tuman, viloyat va respublika miqyosida ot sporti musobaqalari, shuningdek uloq-ko‘pkari, chavgon, poyga kabi milliy o‘yinlar tashkil etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, viloyat va tumanlar hokimlari hamda Milliy gvardiya qo‘mondoni bu ishlarni tashkil etishga shaxsan mas’ul bo‘ladilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi