12:39 / 02.07.2021
3 372

Yevro-2020. Qolgan o‘yinlar o‘tkazilmaydimi?


Foto: «Tj.sputniknews.ru»
Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqini (UYEFA) Yevro-2020 doirasida COVID-19 bemorlari sonining ko‘payishiga aloqadorlikda aybladi. Diplomatning so‘zlarini Reuters keltirgan.

Zeyexofer UYEFAni mutlaqo mas’uliyatsiz tashkilot deb atagan va uning vakillarini odamlarning sog‘lig‘i haqida o‘ylamaydigan haddan tashqari manfaatparastlikda ayblagan.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada 10 hafta koronavirusning yangi holatlari kamayishi tez orada tugashini e’lon qilgandi. Agar muxlislar hushyor bo‘lmasa, koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini boshlanadi.

«Reuters»ga bergan izohida UYEFA vakillari Yevro-2020 to‘liq kelishilgan, musobaqani o‘tkazayotgan davlatlar hukumati o‘yinlarni o‘tkazish va muxlislarni qabul qilish yoki kiritmaslik to‘g‘risida o‘zlari qaror qabul qilishadi, deb javob berishdi.

Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) hozirda qit’aning oldida yangi muammo turganini ma’lum qildi: emlashlar turli mamlakatlarda juda katta farq qiladi. Masalan, Belgiyada aholining 61 foizi, Bolgariyada esa atigi 14 foizi ushbu preparatning birinchi dozasini olgan. Bu kasallikning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2020. Qolgan o‘yinlar o‘tkazilmaydimi?