O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga kim tayinlanishi kun tartibida. Bu lavozimga munosib nomzod topish qiyin masala. Xorijdanmi yoki mahalliymi baribir yetti o‘lchab birni kesish juda muhim. Sababi bosh jamoamiz boshqaruviga olib kelinadigan inson xalqaro tajribaga ega bo‘lishi muhim.
Kecha O‘zbekiston futbol assotsiyatsiyasida anjumanlar zalida 2 iyul - xalqaror sport jurnalistlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov terma jamoa murabbiyligiga tajribali mutaxassisni taklif qilish uchun nomzodlar ko‘rilayotgani va bu borada mahalliy murabbiylarni ham ko‘rib chiqilayotganini aytdi.
Jumladan, Avaz Maksumov "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyevga murojaat qilinganini aytdi. Ammo Berdiyev taklifga qanday javob bergani noma’lum. Balki murabbiy o‘ylayotgandir yoki aksi. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
Ko‘chadagi xabarlarga qaraganda, O‘FA germaniyalik mutaxassis va xorijlik boshqa murabbiylarni ko‘rib chiqmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi