02:27 / 12.07.2021
1 563

Novak Jokovich Uimbldon musobaqasining 6 karra g‘olibiga aylandi


Foto: Adam Davy/PA Images via Getty Images
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Londonda o‘tgan Uimbldon musobaqasi finalida italiyalik Matteo Berrettinini dog‘da qoldirib, o‘z faoliyatida oltinchi marta ushbu musobaqa g‘olibiga aylandi.

3 soat 24 daqiqa davom etgan uchrashuv 6:7 (4:7), 6:4, 6:4 6:3 hisobida yakunlandi.
Ayni vaqtda Jokovich professional tennischilar reytingida 1-o‘rinni, Berrettini esa 9-o‘rinni egallamoqda.
 
Yana bir e’tiborli jihati, serbiyalik tennischi “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalarda yigirmanchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchilar shveysariyalik Rojer Federer va ispaniyalik Rafael Nadal bilan tenglashib oldi.
 Uimbldondagi chempionlik unvonlari soni bo‘yicha esa Federer peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 8ta chempionlik unvoni bor.

Musobaqaning bir kun avval ayollar o‘rtasida o‘tgan final uchrashuvida avstraliyalik Eshli Barti chexiyalik raqibi Karolina Plishkovani mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Bu g‘alaba Barti uchun Uimbldondagi birinchi g‘alaba bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Novak Jokovich Uimbldon musobaqasining 6 karra g‘olibiga aylandi