2 434
Diyor Imomxo‘jayev: Faqat kallasi yo‘q kishilargina bu o‘zgarishlarni Samvel Babayan bilan bog‘ladi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev reglamentga kiritilayotgan murabbiylar bilan bog‘liq o‘zgarish haqida gapirdi.
"Xo‘sh, yangi tahrirga shunday qo‘shimcha kiritilmoqda: Musobaqa davomida jamoa uchun belgilab berilgan texnik zonada faqatgina bosh murabbiyning erkin harakatlanishi hamda maydondagi futbolchilarga ko‘rsatma berishi uchun ruxsat etiladi. Qolgan barcha holatlarda klubning bosh murabbiyidan boshqa vakiliga nisbatan O‘FAning Intizom kodeksiga muvofiq jarima sanksiyasi qo‘llaniladi.
Bu o‘zgarish masalasi 1 oylar avval muhokamaga qo‘yilgandi. Sabab sifatida litsenziyasi mavjud bo‘lmagan murabbiylarning texnik zonada o‘zini tutishi va albatta de fakto futbolchilarga bosh murabbiy emas, butkul boshqa shaxslar ta’sir ko‘rsatishga harakat qilayotganini ko‘rsatganmiz.
Buni muxlislardan yashiradigan yeri yo‘q. Aytaylik, "Lokomotiv" klubida Miklyayev bir qancha vaqt bosh murabbiy bo‘ldi, matbuot anjumanlarida ishtirok etdi. Ammo tashqaridan klubda asosiy so‘z bosh murabbiy emas, butkul boshqa insonniki ekanini payqash qiyin emasdi. Ya’ni, "Lokomotiv" bosh murabbiy bo‘lish uchun loyiq insonni o‘zi uchun belgilab olgan, ammo uning talab etilgan litsenziyasi mavjud bo‘lmaganidan kelib chiqib, vaziyatga yechim topgan.
"Turon" klubida ham shunday holat kuzatildi. Islom Ismoilovda talab etilgan litsenziya yo‘q, klubda bosh murabbiy de yure Murod Ismoilov, de fakto jamoani kichik Ismoilov boshqaradi. Agar u bosh murabbiy bo‘lishni istasa, marhamat, murabbiylik kurslarida o‘qisin, talab etilgan litsenziyasini olsin va texnik zonada haqiqiy bosh murabbiydek harakat qilsin.
"Bunyodkor" klubida ham o‘xshash vaziyat ko‘p takrorlandi. Aytaylik, bosh murabbiy bo‘lmagan Marat Miftaxutdinov ikki bor sariq kartochka olib ulgurdi. Vadim Abramov esa istagan vaqtida klub yechinish xonasida paydo bo‘ldi va hokazo.
"Surxon", "Oqtepa" va "Andijon" klublarida vaziyat boshqacharoq. Yil boshida bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan mos ravishda Rifat Akromxo‘jayev, Sergey Tokov va Otabek G‘ulomxo‘jayev o‘tgan. Ammo aniq bilamizki, ular allaqachon jamoa bilan birga emas, biroq klub ularni rasman qaydnomadan o‘chirmagan. Klublar nafaqat faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga intilmaydi, balki jilla qursa o‘z muxlislari hurmati jamoada kim nima bilan shug‘ullanayotganini aniq ko‘rsatib bermaydi. Texnik zonada esa qandaydir yordamchilar yoki boshqalar bilgan ishini qiladi. Bu jarayon borgan sari odat tusiga kirayotganidan kelib chiqib, yuqoridagi o‘zgarishni biz may oyidayoq taklif qilgandik.
P.S. Faqat kallasi yo‘q kishilargina bu o‘zgarishlarni Samvel Babayan bilan bog‘ladi. Akvariumdagi baliq butun dunyoni shugina suvdan iborat deb o‘ylashi tushunarli albatta", - deb yozdi Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi kanaliga. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi