23:27 / 13.07.2021
4 502

"Yevro-2020" finali qayta o‘tkaziladimi?


Mashhur change.org veb-saytida Italiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevropa chempionatining final uchrashuvini takroran o‘tkazish uchun petitsiya paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ushbu petitsiyaga 115 mingdan ortiq kishi imzo chekdi va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.

Murojaatda yozilishicha, italiyaliklar finalda qo‘polliklar evaziga g‘alaba qozonishgan. Bundan tashqari, uchrashuvni boshqarib borgan hakam ham aynan Italiya tomonga yon bosgan deya baholangan. Muxlislarning fikricha, final adolatli hakamlar boshqaruvida qayta o‘tkazilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar finalda inglizlarni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi. O‘yin Londondagi mashhur “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yevro-2020" finali qayta o‘tkaziladimi?