16:22 / 17.07.2021
2 925

Rasman: Sardor Rashidov yana legionerga aylandi


Foto: «Paxtakor» FK
Yarim himoyachi Sardor Rashidov faoliyatini «Kuvayt SK» klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi.

30 yoshli futbolchi Kuvayt klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Rashidov bungacha «Paxtakor» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra uning «sherlar» bilan shartnomasi 2021 yilning 15 iyulida o‘z nihoyasiga yetgan.

Qayd etish o‘rinli, Sardorga xorijda to‘p surish begona emas. Sardor bungacha «Al-Jaish» (Qatar), «Al-Jazira» (BAA), «Nasional» (Portugaliya) va «Qatar SK» (Qatar) kabi klublarda faoliyat yuritgan.

O‘zbekistonda esa u «Paxtakor»dan tashqari «So‘g‘diyona», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublari sharafini himoya qilgan.
Rashidov Superliganing 2021 yilgi mavsumida 5 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Sardor Rashidov yana legionerga aylandi