
O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev yurtimizda bukmekerlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Bukmekerlik faoliyati masalasini ming yo‘l bilan tushuntirsang ham, hamma har xil tushunadi. Mening pozitsiyam shunday:
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati legallashishi tarafdori emasman (qo‘rqaman), ammo legallashsa sport va banklar moliyaviy tomondan yutishini tan olaman.
Elektron pul o‘tkazmalar osonlashib ketgani uchun onlayn pul tikish o‘yinlarida ishtirok etayotganlar soni keskin oshganidan kelib chiqib, shu kungacha amalda bo‘lgan normativ hujjatlarni qayta o‘rganib chiqish tarafdoriman", - deb yozdi Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi sahifasida.
O‘zbekistonBukmekerlik FaoliyatiElektron PulSport Va BanklarDiyor Imomxo‘jayevNormativ Hujjatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar