Elnur Abduraimov kuchli raqibni mag‘lub etdi

Elnur Abduraimov kuchli raqibni mag‘lub etdi
Tokio Olimpiadasining boks bahslarida -63 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov qiyin g‘alabaga erishdi.
Unga mo‘g‘ulistonlik kuchli bokschi – Chinzorig Baatarsuxin raqiblik qildi. Elnur aniqroq harakat qilib g‘alabani o‘ziniki qildi – 4:1.

Ma’lumot uchun, ushbu bokschilar yaqinda Osiyo chempionatida duch kelishgan va unda mug‘ilistonlik g‘alaba qozongandi.

Bu Tokio Olimpiadasidagi o‘zbek bokschilarimiz ishtirokidagi ikkinchi jang bo‘ldi. Birinchi jangda kuni kecha Sanjar Tursunov yutqazib qo‘ygandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar