09:58 / 26.07.2021
2 245

Tokio-2020. Hikmatilloh To‘rayevning navbatdagi raqibi ancha jiddiy


Dzyudochilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi uzoq kutilgan g‘alabasi yetib keldi. Bugun -73 kg vazn toifasidagi vakilimiz Hikmatilloh To‘rayev ilk bosqichda muvaffaqiyat qozondi.

Germaniyalik Igor Vandtkega qarshi bahsda vakilimiz o‘zining ishonchli harakatlari bilan dzyudo muxlislariga ishonch bag‘ishladi. Qayd etish joiz, vakilimizni keyingi bosqichda ancha jiddiy raqib kutib turibdi.

Chorak finalga chiqish uchun u janubiy koreyalik An Changrimga qarshi tatamiga chiqadi. Bo‘lajak bahsda ham To‘rayevga omad tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport