Tokio—2020. Elnur Abduraimov tojikistonlik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Tokio—2020. Elnur Abduraimov tojikistonlik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov 31 iyul, shanba kuni Tokio—2020 Olimpiadasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

1/8 finalda Elnur Tojikiston vakili Bahodur Usmonovga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning katta qismi to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va yakunda Abduraimov 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi.

Hamyurtimizni keyingi bosqichda armanistonlik Ovanes Bachkov kutib turibdi. Bachkov bu bosqichda ozarbayjonlik bokschi Javid Namig o‘g‘li Chelebiyevni taslim qilgan holda yo‘l oldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar