Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun kurashlarga va hujumlarga boy o‘yin bo‘ldi. Tanaffusdan keyingi ilk rasmiy o‘yinimiz edi. AGMK jamoasini juda yaxshi bilamiz, tarkibida mahoratli ijrochilar bor. Mirjalol Qosimovning qanday murabbiyligini, uning talablarini bilaman. Shu bois uning jamoasi yuqorida bormoqda. Bugungi durang menimcha adolatli natija. Bir ochko musobaqa jadvalida yana yuqoriga ko‘tarilish uchun stimul bo‘ladi.
Arslanmirat Amanov oilaviy sabablar tufayli jamoamizni tark etdi. Uning otasi va turmush o‘rtog‘i kasal ekan. Shu bois o‘zaro kelishgan holda u bilan shartnomani bekor qildik. Arslanmirat uyiga borib oila a’zolarning yonida bo‘lishni xohladi.
Tarkibga Jasur Hakimov va kichik Darko Stanoyevichni qo‘shib oldik. Hakimov ham ayni paytda kasal, Stanoyevich esa sekin-asta jamoamizga qo‘shilib boradi. Ikkinchi davradan oldin tarkibga boshqa yangi futbolchilar kelmaydi", - deydi Ulug‘bek Baqoyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi