10:08 / 05.08.2021
3 318

Bekzod Abdurahmonov rossiyalik kurashchiga yutqazib qo‘ydi


Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final bellashuvini o‘tkazdi. Unda hamyurtimiz rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi bahs olib bordi.

Ikki karra jahon chempioniga qarshi kurashgan Abdurahmonov afsuski, ushbu bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi Sidakov yarim final bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazgan taqdirda Abdurahmonov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport