Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, O‘FA sloveniyalik murabbiy bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchinchi raundga o‘ta olmagach, bosh murabbiy Vadim Abramov ishdan bo‘shatildi. Shundan beri terma jamoamiz ruli hozircha murabbiysiz qolyapti.
Katta ehtimol bilan navbatdagi murabbiy xorijlik bo‘ladi, chunki O‘FA asosan chet ellik mutaxassislar nomzodini o‘rganib chiqyapti. Kecha tashkilot o‘z vaqtida "Paxtakor"ni boshqargan Miodrag Radulovichga taklif yuborgani haqida ma’lumot bergandik.
Bugun esa Iroq terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanes bilan aloqaga chiqilgani haqida xabar topdik. Ma’lum bo‘lishicha, Katanes o‘ylab ko‘rish uchun vaqt olgan.
Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes Iroq termasi bilan JCH saralash uchinchi raundga yo‘l olganiga qaramay, besh oydan beri maosh olmagani bois o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...