22:27 / 11.08.2021
4 716

Sharmandalikning oxiri yo‘qmi? O‘zbekiston Tojikistondan 6ta gol o‘tkazdi!


Bugun O‘zbekiston U-15 o‘smirlar terma jamoasi tojikistonlik tengqurlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Dushanbedagi Markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tgan bahsda yosh futbolchilarimiz 3:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Birinchi bo‘limdan so‘ng o‘smirlarimiz 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrashayotgandi.

Server Jerparov boshchiligidagi O‘zbekiston U-15 terma jamoasi dastlab 2-8 avgust kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazdi. Shundan so‘ng 9 avgust kuni Dushanbega yo‘l olib, bugun u yerda birinchi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.

Birinchi bahsda mezbonlar 6:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Futbolchilarimizdan Amirbek Saidov, Ibrohimjon Tursunaliyev va Ollobergan Karimovlar gol muallifi bo‘lishdi.

Albatta, bu o‘rtoqlik o‘yini lekin bunday mag‘lubiyatni baribir hazm qilib bo‘lmaydi. Va buni bir ovozdan o‘zbek futboli uchun sharmanda deymiz. Jeparovga ham qoyil qolmadik.

P.S. Tojikiston U-15ga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sharmandalikning oxiri yo‘qmi? O‘zbekiston Tojikistondan 6ta gol o‘tkazdi!