23:00 / 15.08.2021
1 023

"Navbahor" maydonida uchralgan mag‘lubiyatga Sekeyra qanday izoh berdi?

"Navbahor" maydonida uchralgan mag‘lubiyatga Sekeyra qanday izoh berdi?
Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvida mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" ustozi Mikael Sekeyra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Birinchi navbatda, "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Odatda bu jamoaning o‘yinlariga ko‘p muxlislari tashrif buyurishadi. "Lokomotiv" bugun mezbonlardan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinni nazorat qildik. Ammo bugun "Navbahor" darvozaboni eng yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Xursand qiladigan jihati, bugun futbolchilarimiz ko‘rsatlarimizni yaxshi bajarishdi. O‘ylashimcha, futbolchilarimiz haqiqiy jamoaviy o‘yin ko‘rsatishdi. Biz yaratgan vaziyatlar payti to‘p darvoza to‘siniga tegdi, darvozabon qaytardi. To‘g‘ri, o‘yin oxirida bitta xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. O‘yinda g‘alaba qozonish uchun barcha ishni bajardik, lekin omadimiz yurishmadi.

Avvalambor, O‘zbekistonga pul uchun kelmaganman. Asosiy maqsadim bu yerdagi futbol rivojiga hissa qo‘shish. Bugungi o‘yinga avvaldan tayyor bo‘lib kelgandik, shunga yarasha o‘yin namoyish etdik. Asosiy maqsadimiz maydon markazida to‘pni raqibga bermaslikka intildik. Bilasiz, kim imkoniyatlardan foydalana olmasa, raqib kelib gol urib ketadi. Bugun ham shunday bo‘ldi.

Odatda, "Navbahor" muxlislari stadionni to‘ldirib turishadi. Pandemiya sabab ularning yo‘qligi albatta, bilindi.

"Navbahor"da yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Birinchi navbatda, muxlislari ko‘pligini ham ta’kidlamoqchiman. Hamma narsa bor bu jamoada. Qandaydir kamchiliklari bo‘lsa ular vaqti soati bilan bartaraf bo‘ladi, albatta.

Abduxoliqov deyarli bir oy o‘ynamadi. Bugun 70-daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, astoydil harakat qildi. Unga biroz vaqt kerak yaxshi formaga kirib olishi uchun. Raqib jamoa darvozaboni yaxshi o‘ynamaganida, bugun biz natijaga erishishimiz mumkin edi. Men berayotgan jismoniy yuklamalarga bugun tarkibimizda yig‘ilgan futbolchilarning hammasi tayyor. Shunchaki, biroz omad yetishmayapti. Ko‘ryapsizlar, bir o‘yinda omad kelyapti, boshqasida esa yo‘q. Har qanday holatda ham, bu yerdan boshimdan tik ko‘targan holda, "Lokomotiv" o‘yinini yaxshilagach ketaman", - deydi Mikael Sekeyra.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » "Navbahor" maydonida uchralgan mag‘lubiyatga Sekeyra qanday izoh berdi?
[/banner_pushhouse