19:49 / 17.08.2021
2 586

Rasman: "Roma" Shomurodovga raqobatchi olib keldi

Rasman: "Roma" Shomurodovga raqobatchi olib keldi
"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam rasman "Roma" a’zosiga aylandi. Bu haqda "bo‘rilar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Angliyalik futbolchi rimliklar bilan 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. "Roma" Abraxamning transferi uchun London klubiga 40 million yevro to‘ladi. "Chelsi" hujumchini 80 million yevroga 2023 yil sotib olish huquqiga ega. U yangi jamoasi safida 9-raqamda harakat qiladi.

2020/21 yilgi mavsumda 23 yoshli Temmi 22ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: "Roma" Shomurodovga raqobatchi olib keldi