
Bugun hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov UFCda o‘z debyutini o‘tkazdi va quvonarlisi u raqibi guamlik Trevin Jonsni muddatidan avval ya’ni, uchinchi raundning so‘ngi soniyalarida bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lub etdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng, yurtdoshimiz Daniel Kormega o‘ziga xos intervyu berdi.
"O‘zimni yomon his qilmayapman. Qarang yigitlar to‘rt kunlik chaqiruvda qanaqa jangchini finish qildim. Menga sakkiz haftalik to‘liq tayyorgarlik lagerini bering va men chempionni ham shu ahvolga solaman.
Men gilotina usulidagi sabmishenni yaxshi ko‘raman va tez-tez takrorlayman. Bugungi jangda ham shu narsa menga qo‘l keldi.
Ammo, muhimi bu emas. Muhimi yurtim uchun g‘alaba qozondim. Biz o‘zbeklar hozircha promoushenda to‘rttamiz. Ammo, kelajakda bu yerni egallaymiz. O‘zbekiston, Samarqand g‘alaba sizlarniki. Hammaga: Dana Uaytga, Shon Shelbiga, menedjerlarimga rahmat. Kichik paytimdan UFCning ashaddiy muxlisiman. Bu yerda jang qilish orzuim ushalganidan hursandman. Tashakkur!", - dedi Qahramonov.
Mahmudjon Jabborov tarjimasi
Saidyoqub QahramonovUFC DebyutiGuamlik Trevin JonsG‘alaba QozonishO‘zbeklar PromoushendaDaniel Kormega Intervyu O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar