
18 avgustdan 19 avgustga o‘tar kechasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Srechko Katanes yurtimizga yetib keldi va ayni paytda Toshkentda bo‘lib turibdi. Yangi murabbiy mana to‘rt kundirki o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishyapti, sharoitlarni o‘rganyapti va hali shartnoma tuzgani yo‘q.
Katta ehtimol bilan oldimizdagi haftada shartnoma imzolanadi va shundan so‘ng qancha muddatga va qanday sharoitlarga ko‘ra tuzilgani e’lon qilinadi. Shunisi aniqki, Katanes Toshkentga ikki nafar yordamchisi bilan kelgan. Muxlislarni esa yangi O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi qanday ko‘rinishda bo‘lishi qiziqtiryapti.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Katanes boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o‘rin oladi. 20 avgust kuni Ravshan Haydarov Katanetsning ikki yordamchisi bilan Jizzaxga tashrif buyurdi va "So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvini kuzatdi. Sloveniyalik murabbiyning o‘zi esa shu kuni "Bunyodkor" - "Navbahor" o‘yinida bo‘ldi.
Sretsko Katanes xorijlik murabbiy bo‘lgani uchun o‘zimizdagi mutaxassislarni tanimaydi, shu bois mahalliy murabbiy Ravshan Haydarov yangi murabbiylar shtabini tuzishda yaqindan yordam beryapti. Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi murabbiylar shtabi tubdan yangicha ko‘rinish oladi. Endilikda Vadim Abramov bilan terma jamoada ishlagan shifokorlar, massajchilar va administratorlar o‘rnini Ravshan Haydarovga U-22 terma jamoasida yordam berib kelganlar egallaydi.
X.Xoliqov
Manba: championat.asia
O‘zbekiston MTJSrechko KatanesToshkent shahriU-22 terma jamoasiRavshan Haydarovyangi murabbiylar shtabi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar