19:04 / 23.08.2021
4 474

Shomurodovni o‘rniga yangi hujumchi kelyapti

Shomurodovni o‘rniga yangi hujumchi kelyapti
“Jenoa” oxirgi paytda jamoaning asosiy hujumchisiga aylanib qolgan Eldor Shomurodovni “Roma”ga transfer qilganidan keyin o‘zbek legionerining o‘rnini bosa oladigan forvard qidirayotgan edi.

Nihoyat, genuyaliklar kuchli hujumchi – Diyego Perotti bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Tomonlar ikki yillik bitim bandlari bo‘yicha to‘la kelishuvga erishgan.

Argentinalik hujumchi o‘z yurtida “Deportivo Moron”, “Boka Xuniors”, Ispaniyada “Sevilya”, Italiyada “Jenoa” va “Roma” klublari sharafini himoya qilgan.

Perotti 2020 yildan beri “Fenerbahche” uchun o‘ynayotgan edi. U o‘tgan mavsumda turk jamoasi safida atigi to‘rtta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni o‘rniga yangi hujumchi kelyapti