Qarshining "Nasaf" jamoasi ertaga OFK kubogi chorak final doirasida o‘z maydonida Turkmanistonning "Ahal" klubini qabul qiladi.
Mazkur uchrashuv oldidan o‘z vaqtida qashiliklar bilan Superligada bronza medallariga ega chiqqan, 2002 yil jamoani OFK chempionlar kubogida yarim final sari yetaklay olgan murabbiy Bahrom Hakimov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Fikrimcha, "Nasaf" katta qiyinchilikka duch kelmaydi. Ro‘ziqul Berdiyev Turkmaniston klublariga qarshi qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladigan mutaxassis hisoblanadi. To‘g‘ri ular Superligada so‘nggi turlarda ochko yo‘qotishmoqda. Lekin o‘yin tomonlama juda yaxshi ko‘rinishyapti. Bir narsani aytish kerakki, yosh futbolchilar bilan barqaror natijaga erishish doim qiyin bo‘lgan.
Gohida o‘xshasa, gohida o‘xshamasligi mumkin. Biroq bu "Ahal" bilan bahsda mezbonlarning imkoniyatini past baholashga sabab bo‘la olmaydi. Aytganimdek "Nasaf" bugungi kunga javob beradigan zamonaviy futbol ko‘rsatmoqda. Taxminim qarshiliklar 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonadi", - deydi Bahrom Hakimov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi