00:59 / 27.08.2021
2 230

Piter Xyuistra: "Futbolda bitta golga ham, to‘rtta golga ham uch ochko beriladi"

Piter Xyuistra: "Futbolda bitta golga ham, to‘rtta golga ham uch ochko beriladi"
Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - AGMK (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun oldingi o‘yinlarga nisbatan yaxshiroq to‘p tepdik. Kuchli raqibga qarshi futbolchilar o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Katta ishtiyoq ko‘rsatishdi. Ular yana harakatlariga qo‘sha olishadi. Mazkur g‘alaba chempionlik sari qo‘yilgan katta qadam hisoblanadi",- deydi Piter Xyuistra.

- "Paxtakor" ketma-ket beshinchi o‘yinni 1:0 hisobida yakunlamoqda. Avvalgi o‘yinlarda bitta goldan so‘ng boshqa hujumga o‘tmayotgandi. Bugun esa buning aksini ko‘rdik...
- Futbolchilar kuchli raqibga o‘zlarini ko‘rsatish uchun ham boshqacha ishtiyoq bilan to‘p tepishadi. Bu ko‘proq ruhiy tomonga bog‘liq. Yaxshi saviyadagi futbolchilar doim bunday raqiblar bilan bahslarda harakatlarini kuchaytirishadi.

- Jamoa o‘tgan yilgiga qaraganda zerikarliroq o‘ynamoqda. Kam gol uryapti. Bu borada nima deya olasiz?
- Futbolda bitta golga ham, to‘rtta golga ham uch ochko beriladi. Men taqqoslamagan bo‘lardim. Eng muhimi g‘alaba. Hozirga kelib biz eng yaqin ta’qibchimizni 14 ochkoga ortda qoldirdik. Har doim ham bir xil o‘ynashning iloji yo‘q. Futbolchilar ham inson. Yuqoriga ko‘tarilish yoki pasayish bo‘ladigan holat. Muxlislarning yo‘qligi ham futbolga ta’sir qiladi. O‘yinchilar boshqacha to‘p tepadi. Tez orada kasallik kamayishini, ishqibozlar stadionlarga qaytishlarini istayman.

- Sherzod A’zamov bir necha yillardan beri barqaror o‘ynab kelmoqda. Uning terma jamoaga chaqirilmagani sizni tashvishlantiradimi?
- Sherzod eng yaxshi ko‘rgan futbolchilarimdan biri. Bizning o‘yin falsafamizga to‘liq mos tushadi. Juda ko‘p himoyachilar to‘pni oldinga tepib yuboradi. Sherzod esa aql bilan qaror chiqaradi. Pozitsion hujumlarni yaxshi boshlay oladi. U bitta xato qilsa ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Endi har bir murabbiyning o‘z qarashlari bor. Balki Srechko Katanes terma jamoaga chaqirar. U ikki bor o‘yinimizni, mashg‘ulotlarimizni kuzatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Futbolda bitta golga ham, to‘rtta golga ham uch ochko beriladi"