22:20 / 30.08.2021
4 096

Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida «ichi qora» odamlar bor edi

Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida «ichi qora» odamlar bor edi
Kadr: YouTube / Alter Ego
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi YouTube’dagi Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida O‘FAning sobiq prezidenti Umid Ahmadjonov haqida fikr bildirdi.

Abramov 2017 yilda murabbiylik litsenziyasidan mahrum etilgan va nomuayyan muddatga futboldan chetlatiladi. O‘sha paytda Umid Ahmadjonov assotsiatsiyaga rahbarlik qilgan va Superliga formatini 16 jamoadan 14 taga o‘zgartirgandi.

- "Uning o‘rnida istalgan rahbar shunday qilardi. Uning atrofidagi odamlar — ular menga dushman emas, shunchaki «ichi qora» odamlar. Ahmadjonov kelganda, unga kimdir men haqimda nimadir degan. U mening kimligim bilan qiziqqan, yangi kelgan odam bu yerdagilarni bilmaydi-ku. Futbolni bilmaydigan odam kelib, so‘rashni boshlagan. Unga meni boshqacha tasvirlab berishgan.

Men o‘shanda bu format noto‘g‘ri bo‘lganligi uchun noto‘g‘ri deganman. Buni yana qaytarishni istamayman. Lekin bu haqiqatan ham noto‘g‘ri. Chempionat davom etmoqda, siz esa birdaniga formatni o‘zgartiryapsiz. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Hammasi shu. Ahmadjonov esa birovlarning gapiga kirib, noto‘g‘ri xulosa chiqargan. Uning gaplarini tushunaman. U nimadir deyishi va qabul qilgan qarorini oqlashi kerak edi, balki qarorni o‘zi qabul qilmagandir ham", - dedi Vadim Abramov.

2017 yilda Ahmadjonov Abramov haqida shunday degandi. «Hozir biz 12 ta jamoa ishtirok etadigan yangi chempionat haqida bosh qotirmoqdamiz. Ba’zilar esa 16 klublik eski formatni qoldirish tarafdori. Aytishlaricha, yana bir yil kutish kerak ekan. Xo‘sh, bu nima beradi? Nega endi yana kutishimiz kerak? 26 yil davomida qotib qolgan futbol nega yana 3—4 yilini yo‘qotishi kerak?

Vadim Abramovning eskicha fikrlashi zamonaviy futboldan ortda qolib ketgan. O‘ylashimcha, o‘zbek futboliga uning kabi insonlar kerak emas. Uning jamoasi 15-o‘rinni qo‘lga kiritib, Pro-Ligaga tushib ketgani uchun ham 16 jamoalik formatni qo‘llab-quvvatlayapti. Chunki quyi ligada ishlashni xohlamayapti. Nega endi vaqtliroq uyg‘onmadi? Agar ishining ustasi bo‘lsa, jamoasini qayta Superligaga olib chiqishga urinib ko‘rmaydimi? Ishlashni istamaysanmi, yoshlarga yo‘lni bo‘shat! U bilan kelishaversak, oldinga qadam tashlolmaymiz».

Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov O‘FF (hozirgi O‘FA) Ijroqo‘mi byurosining 2017 yil 16 dekabrdagi 9-sonli qarori asosida futboldan nomuayyan muddatga chetlatilgandi. Shuningdek, Ahmadjonov Abramovning qilgan ishlar borasida yetarlicha axborot to‘plangani va u kabilar o‘zbek futboliga kerakmasligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida «ichi qora» odamlar bor edi