O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Srechko Katanetsning tayinlanishi borasidagi bahs-munozaralar, mutaxassislar fikri hali hamon tingani yo‘q. Biz shu o‘rinda terma jamoamizning sobiq sardori Odil Ahmedovning ham fikrlarini bilishga qiziqdik.
- Terma jamoamizga Srechko Katanetsning bosh murabbiy bo‘layotganidan xabaringiz bor. Bu boradagi dastlabki fikrlar qanday bo‘ldi?
- To‘g‘risi Srechko Katanes haqida ko‘p ma’lumotim yo‘q. O‘zbekistonning Iroqqa qarshi o‘tkazgan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvi paytida sloveniyalik murabbiy borasida tushunchaga ega bo‘lgandim. Ochig‘i boshqa narsa bilmayman.
- Umuman olganda mahalliy yoki xorijlik mutaxassis tayinlanishi haqida ko‘p muhokamalar bo‘ldi. Sizningcha terma jamoani kim boshqarishi kerak: xorijlik yoki mahalliy murabbiy?
- Mening fikrim, terma jamoada xorijlik murabbiy ishlagani yaxshi. Chunki hozirda bizning mahalliy murabbiylarimiz jamoani oliy maqsad yo‘lida tayyorlashga yetarli tajribaga ega emas deb o‘ylayman.
- Srechko Katanetsning shtabida o‘zbekistonlik murabbiy bo‘lgani qanchalik yaxshi?
- Yaxshi emas, shart! Boisi qachondir, kun kelib terma jamoani mahalliy murabbiylarga berishga to‘g‘ri keladi. Agarda xorijlik murabbiyni oldida tajriba va malaka to‘plasa keyinchalik bemalol ishlay olishi mumkin.
- Aytaylik mahalliy mutaxassis xorijiy murabbiy shtabiga kiritildi, keyin o‘zi yaxshi bilgan va tanigan futbolchilarni ko‘proq termaga chaqirilishiga harakat qilsachi?
- Yaxshi va yuqori saviyadagi bosh murabbiy bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Chunki natija uchun u javob beradi. Futbolchining farqiga bora oladi.
- Ayni paytda nima uchun O‘zbekistonda ekanligingiz ko‘pchilik uchun qiziq?
- Xitoy chempionatida juda katta tanaffus yuzaga kelgan. Bu Xitoy terma jamoasining JCH-2022 saralashida o‘yinlar o‘tkazishi bilan bog‘liq. Fursatdan foydalanib uyda dam olyapman. Chempionat dekabr oyida tiklanadi.
- Shu yilning o‘zida futbolchilik faoliyatingizni yakunlashingiz haqidagi gap-so‘zlarga aniqlik kirita olasizmi?
- Bu - futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Yagona aytishim mumkin bo‘lgan aniq narsa bu klubim bilan yana bir yillik shartnomam bor.
- Odil Ahmedov faoliyatini xorijda yakunlaydimi yoki o‘zbek klublaridan birida?
- Hozirgi kunda O‘zbekistonda o‘ynash niyatim yo‘q. Menimcha faoliyatimni xorijda yakunlayman.
- Bevosita yana terma jamoa mavzusiga qaytsak. Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan bahsdan so‘ng milliy jamoa bilan xayrlashdingiz. Shunday ekan xayrlashuv uchrashuvingizni o‘tkazishni rejalashtirganmisiz?
- Xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazish o‘zimning rejamda bor. Biroq bu bitta menga bog‘liq emas. Assotsiatsiya tomonidan qandaydir yordam bo‘lsa, albatta buni amalga oshiraman.
- Odil Ahmedov terma jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvini qaysi stadionda o‘tkazishni istardi?
- "Paxtakor" yoki "Navbahor" stadionidan birida.
- Siz terma jamoadagi faoliyatingizni tugatdingiz va ayni paytda sardor yo‘q. Albatta buni yangi murabbiylar shtabi yoki jamoadagi futbolchilar aniqlaydi. Lekin sobirq sardor sifatida sizning nomzodingiz kim?
- Jaloliddin Masharipov. U nafaqat futbol maydonida, balki uning tashqarisida ham yigitlar bilan yaxshi til topisha oladi va sardorlik hususiyatlarga ega.
- Hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Jenoa"dan so‘ng juda katta oldinga siljish qildi. Hozirda Joze Mourino boshchiligidagi "Roma"da to‘p tepmoqda. Tabiiyki mazkur jarayon sizni befarq qoldirmagan va o‘ziga xos fikrlar tug‘dirgan...
- Eldor Shomurodov borasida fikrlarim doim ijobiy bo‘lgan. "Roma"da o‘ynash uning uchun katta motivatsiya. Rim klubi Eldorning keyingi faoliyatiga ya’ni kuchli klublarga o‘tishiga tramplin vazifasini o‘tab beradi. Bevosita o‘yinlarini kuzata turib bundan ham kuchli klublarda o‘ynab ketishiga menda shubha qolmadi. Eng asosiysi jarohat olmasa bo‘lgani.
- O‘zbekistonda top klublar safida o‘ynab keta oladigan yana yosh futbolchilar bormi?
- Birortasini ko‘rsatish qiyin. Lekin bizda iqtidorli bolalar juda ko‘p. Atrofidagi mayda detallardan tashqari ko‘p narsa futbolchining o‘ziga, xohishiga va oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq. Orzu qilgandan so‘ng maqsad ham bo‘lishi kerak. Bizda ko‘p futbolchilar "Paxtakor" yoki shunga o‘xshash klubda o‘ynasam bo‘ldi, deyishadi. Shu bilan to‘xtab qolishadi. Futbolda qo‘rqmasdan oldinga intilish lozim. Besh yil Yevropa ligasida ko‘plab jamoalarga qarshi maydonga chiqqan bo‘lsam, bizdan 10 yoki 15 karra kuchli klubni ko‘rmadim. Istalgan jamoa bilan bemalol o‘ynasa bo‘ladi.
- So‘nggi savol: "Odil Junior" akademiyasining ilk "meva"larini qachon ko‘rishimiz mumkin?
- Hozirda "Lokomotiv" U-21 jamoasida uch nafar futbolchimiz to‘p tepmoqda. Asosiy mevani 2-3 yildan keyin katta maydonlarda ko‘ramiz deb o‘ylayman.
Narzulla Saydullayev suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”