Shvetsiya – O‘zbekiston (2:1) xalqaro o‘rtoqlik o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yanne Andersson o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Aytish mumkinki, bugun maydonga yangi shakllanayotgan jamoa tushdi. Sababi futbol jamoaviy o‘yin va unda barcha narsa bir-biriga bog‘liq bo‘lishi kerak. Himoyada ham, hujumda ham shunday.
O‘zbekistonga qarshi bahsni yaxshi boshladik va tezkor gol urishning uddasidan chiqdik. Keyin bir oz harakatni kamaytirdik. Odatda ikki turli divizionda o‘ynaydigan shved klubi o‘zaro to‘qnash kelsa, ular o‘rtasidagi asosiy farq tezlikda bo‘ladi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Farq tezlikda bo‘ldi.
Ikkinchi taymda tezlikni yo‘qotdik va sekinlashdik. Keyin o‘yinni raqib nazorat qilishga urindi. Raqib qarshi hujumga o‘tganida bizda jamoa yo‘q edi, shunchaki futbolchilar bir-birini ortidan quvishdi", – dedi Yanne Andersson.
- O‘zbekiston terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz? Qaysi o‘yinchi sizda yaxshi taassurot qoldirdi?
- Umuman olganda, O‘zbekiston juda yaxshi jamoa ekan. To‘p bilan yaxshi harakat qildi. O‘yinchilarga kelsak, darvozamizni ishg‘ol qilgan hujumchi menda ajoyib taassurot qoldirdi. 14 raqamli o‘yinchi juda kuchli hujumchi ekan. Men O‘zbekiston termasi ustidan g‘alaba qozonganimizdan mamnunman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”