Italiyaning eng mashhur klublaridan hisoblangan “Roma” rahbariyati jamoani yana grandlar qatoriga qaytarish maqsadida yozda katta ishlarni amalga oshirdi. Birinchidan, klub xo‘jayinlari bosh murabbiylikka chempionlik sirlarini yaxshi biladigan va zamonaviy futbolda o‘z qarashlariga ega bo‘lgan Joze Mourinoni olib keldi.
Yaxshi bilamizki, portugaliyalik mutaxassis o‘zi boshqargan deyarli barcha jamoalarda bir necha marotabadan sovrinlarga ega chiqqan. Xususan, Mourino “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real” bilan Portugaliya, Angliya, Italiya va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.
“Portu” va “Inter”ni Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi aylantirgan, “Manchester Yunayted”ga Yevropa Ligasi bosh sovrinini olib bergan. Ko‘p bora turli kuboklarga ega chiqqan.
Mourinoda “Roma”ni qudratli jamoaga aylantirish orqali “Tottenxem”dagi sovrinsiz faoliyatini oqlab olish imkoniyati bor.
Rim klubi xo‘jayinlari unga ishonch bildirgan holda, transfer siyosatini aynan Mourino istaganidek yuritmoqda. Mourino rejalariga kiritilmagan yulduz darajasidagi futbolchilar ham birma-bir Rimni tark etmoqda.
Jamoani kuchaytirish maqsadida yozda aynan Joze tanlagan futbolchilar – “Jenoa”dan Eldor Shomurodov, “Palmeyras”dan Matias Vina, “Vulverxempton”dan Ruy Patrisio, “Dallas”dan Rojer Ibanes va “Chelsi”dan Temmi Abraxam olib kelindi. Hali yana katta transferlarga qo‘l uriladi.
“Roma” xo‘jayinlari “Chelsi” tarbiyalanuvchisi uchun Rim klubi o‘z tarixida rekord darajada xarajat qildi va bu transfer “bo‘rilar”ga turli bonuslarni hisobga olmaganda 40 million yevroga tushdi. Aslida bu transferning amalga oshirilishiga jamoaning asosiy yulduzi Edin Jeko kutilmaganda “Inter”ga o‘tib ketgani sabab bo‘ldi.
Temmi Abraxam “Roma”dagi ilk uchrashuvlardan o‘zini ko‘rsatib, jamoaga foyda keltira boshlagan bo‘lsa-da, uning kelishi jamoa ichida kutilmagan muammo keltirib chiqardi. Tribal Football nashrining yozishicha, klub rahbariyati angliyalik yulduzga yilga 4,5 million yevro maosh va 1,5 million yevro bonus to‘lashi oshkor bo‘lganidan keyin jamoaning ayrim yetakchilarida norozilik kayfiyati paydo bo‘lgan.
“Roma” o‘z tarixida jamoaning haqiqiy yetakchilari bo‘lgan Daniele de Rossi va Edin Jekodan tashqari hech bir futbolchiga bunaqa katta mablag‘ to‘lamagan. Hatto, klubning uzoq yillik lideri bo‘lgan “Roma” afsonasi Franchesko Totti ham Abraxamdan ancha kam maosh olgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa yetakchisi Lorenso Pellegrini Abraxam kelgunicha jamoada eng katta maosh oladigan futbolchi hisoblanardi. Klub unga yiliga 2,5 million yevroga yaqin maosh to‘layotgan edi. Aynan mana shu yarim himoyachi klub rahbarlaridan maoshini sezilarli darajada ko‘tarishni talab qilib chiqdi. Unga boshqa futbolchilar ham qo‘shilgani aytilmoqda.
“Roma” rahbariyati kelib chiqqan muammoni bartaraf etish yo‘llarini qidirmoqda. Hozir ular Pellegrini bilan muzokaraga kirishgan. Agar Lorenso o‘z maqsadiga yetishib, klub mutasaddilarini maoshini oshirishga ko‘ndirsa, qolgan “bo‘rilar” ham kattaroq “o‘lja” talab qilishda qat’iyatliroq kurashadi.
Mutaxassislar Abraxamga jamoadoshlarining hasad qila boshlagani ichki muhitni buzilishiga olib kelishini ta’kidlamoqda. “Roma” bu sharoitda joriy mavsum uchun o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetisha olmay qolishi mumkin.
Abraxam kelganidan keyin yetakchi hujumchi pozitsiyasini unga topshirib, o‘zi asosan zaxiradan maydonga tushayotgan Eldor Shomurodov ta’kidlaganidek, “Roma” Yevropa Chempionlar ligasiga qaytish va UYEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqish uchun kurashishi lozim.
Hozircha, Mourino jamoasining natijalari chakki emas. Konferensiyalar ligasida “Trabzonspor” mag‘lub etilib, “bo‘rilar” musobaqaning guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. A Seriyada esa ketma-ket ikkita g‘alabadan keyin “Roma” yetakchilar qatorida bormoqda.
“Roma” Italiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 12 sentabr kuni o‘z maydonida “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”